O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 2 mlrd dollardan oshdi

2017-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi ikki milliard AQSh dollaridan oshdi. Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Nursulton Nazarboyevning qozoq xalqiga murojaatnomasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Maksad Djangirov

“Bu haqiqatdan ham yirik raqam. Biz 2017-yilni muvaffaqiyatli yakunladik. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 30 foizga oshdi. Biz yaqinda bu ko‘rsatkichni 5 milliard AQSh dollariga yetkazish niyatidamiz. Ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish imkonini beruvchi aniq masalalarni muhokama qildik”, — deydi Yerik Utembayev.

Shuningdek, elchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda ikki mamlakat o‘rtasidagi agrosanoat sohasini rivojlantirish va yangi texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha ham qator loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Latest from Blog