O‘zbekiston va Qozog‘iston Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

2017-yilning 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi davomida 2017-yil 23-mart kuni Ostona shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: AKIpress News Agency

Mazkur hujjat ikki davlat mintaqalarining savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarida, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, aholini bandlikka jalb etish, turizm va atrof muhitni saqlash jabhalarida va tomonlarni qiziqtirgan boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishni nazarda tutadi.

Latest from Blog