O‘zbekiston va Qozog‘iston ilk bor harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Mudofaa vazirliklari ikki mamlakat tarixida birinchi bor harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi. Ushbu hujjat Qozog‘iston mudofaa vaziri Saken Jasuzakovning O‘zbekiston Mudofaa vaziri Qobul Berdiyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida imzolandi.

Foto: Twitter

Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini hamda hudud xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda tezkor harakat qilish borasida o‘zaro amaliy hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Ikki tomonlama uchrashuv yakunida vazirlar harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi.

Shuni ta’kidlash kerak-ki, bu O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy muassasalari tarixida hamkorlik borasida imzolangan birinchi hujjat bo‘ldi.

Tashrif davomida Qozog‘iston mudofaa vaziri O‘zbekiston prezidenti tomonidan qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat harbiy muasasalari orasida o‘zaro munosabatlar rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi va hudud xavfsizligi yo‘lida hamkorlikni rivojlantirish kerakligini ta’kidladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar