O‘zbekiston va Qirg‘iziston umumiy chegaralarning 80 foizi bo‘yicha kelishuvga erishdi

21-31-avgust kunlari avval Bishkek, so‘ngra Toshkent shaharlarida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu muzokaralar O‘zbekiston Respublikasi Hukumat delegatsiyasi ishchi guruhi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyasining topografiya va yer tuzish ishchi guruhi o‘rtasida o‘tkazildi.

Foto: Sputnik

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvlarda chegaraning umumiy uzunligini 80 foizini tashkil etuvchi kelishilgan qism bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi muhokama qilinib, kelishildi hamda davlatlararo hujjatga tegishli ilovalar tayyorlandi.

Latest from Blog