O‘zbekiston Turkiya fuqarolari uchun viza olish jarayonini soddalashtirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

Mazkur hujjat O‘zbekistonga ish va sayyohlik maqsadida kelayotgan turk fuqarolariga viza rasmiylashtirish jarayonini takomillashtirish hamda yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonga ish bo‘yicha keladigan Turkiya fuqarolariga muddati bir yilgacha bo‘lgan ko‘p martali vizalar mamlakatning xorijdagi muassasalari tomonidan uch ish kuni davomida (hujjatlar qabul qilingan kunni hisoblamaganda) rasmiylashtiriladi. Bunda taklif etuvchi yuridik shaxsning O‘zbekiston TIVga murojaat etishi talabi bekor qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekistonga sayyoh sifatida tashrif buyuradigan Turkiya fuqarolariga bir oy muddatgacha bo‘lgan vizalar uch ish kuni davomida (hujjatlar qabul qilingan kunni hisoblamaganda) rasmiylashtiriladi. Sayyohlik vaucheri, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekistonning boshqa turizm tashkilotlari taklifnomalarini taqdim etish talabi bekor qilinadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar