O‘zbekiston turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar reytingida 4-o‘rinni egalladi

UNWTO (Butunjahon sayyohlik tashkiloti)ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasi eng jadal sur’atlarda rivojlanayotgan Top-20 mamlakat ro‘yxatidan o‘rin olgan. Jumladan, mamlakatimiz turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Independent nashrida shu haqida maqola chop etildi. Ushbu ro‘yxatda, shuningdek, Ozarboyjon hamda Qozog‘iston mamlakatlari ham keltirilgan bo‘lib, ular mos ravishda 17 va 20-o‘rinlarni egallagan.

Turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar reytingi:

  1. Myanma (40,2 foiz)
  2. Puerto-Riko (31,2 foiz)
  3. Eron (27,9 foiz)
  4. O‘zbekiston (27,3 foiz)
  5. Chernogoriya (21,4 foiz)
  6. Misr (21,1 foiz)
  7. Vyetnam (16,2 foiz)
  8. Filippin (15,1 foiz)
  9. Maldiv orollari (14,9 foiz)
  10. Bagam orollari (14,6 foiz)
  11. Qatar (14,5 foiz)
  12. Armaniston (14,4 foiz)
  13. Janubiy Koreya (14,4 foiz)
  14. Turkiya (14,0 foiz)
  15. Bosniya va Gersegovina (13,7 foiz)
  16. Tunis (13,6 foiz)
  17. Laos (11,5 foiz)
  18. Ozarbayjon (11,4 foiz)
  19. Isroil (10,5 foiz)
  20. Litva (10,1 foiz)
  21. Qozog‘iston (10,0 foiz)

UNWTO statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda dunyo bo‘ylab xorijiy safarlar 1,5 milliardga yetgan hamda bu ko‘rsatkich 2018-yilga nisbatan to‘rt foiz yuqori natijani qayd etgan. Fransiya 90 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurgan mamlakat sifatida eng yuqori natijani ko‘rsatgan, deyiladi qo‘mita axborot xizmatining xabarida.

Avval Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonning Harper’s Bazaar’ning eng sayohatbop Top-20 ro‘yxatida peshqadam ekani, shuningdek, The Telegraph’ning yer yuzidagi eng sarguzashtbop joylar reytingida 1-o‘rinni egallagani haqida xabar bergan.

Latest from Blog