O‘zbekiston – Tojikiston chegarasidagi ayrim postlar faoliyati qayta tiklanadi

O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar qiladi.

Foto: Uz24.uz

Hujjatga muvofiq, Samarqand viloyatidagi Jartepa, Jizzax viloyatidagi Kushkent, Uchturgan, Sirdaryo viloyatidagi Xovostobod, Toshkent viloyatidagi Bekobod, Namangan viloyatidagi Pop, Farg‘ona viloyatidagi Ravot, Surxondaryo viloyatidagi Gulbahor avtomobil yo‘llari o‘tkazish punktlari hamda Amuzang temir yo‘l o‘tkazish punktining muhandislik-kommunikatsiya va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yanada rivojlantiriladi.

Shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara posti tashkil etiladi.

O‘tkazish punktlariga tutash avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy standartlarga mos yo‘lbo‘yi infratuzilmasini tashkil etish tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish belgilanmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar