O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Tailandni mag‘lubiyatga uchratdi

6-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent shahrida Tailand futbolchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. “Bunyodkor” stadionida o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston termasi 2:0 hisobida zafar quchdi, deb xabar beradi O‘FF rasmiy sayti.

Foto: O‘FF

Uchrashuvning 68-daqiqasida Eldor Shomurodov tomonidan uzatilgan to‘pni Temurxo‘ja Abduxoliqov raqib darvozasiga kiritdi. O‘yin yakunida Sardor Rashidov chiroyli zarba bilan hisobni oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etish joiz, Samvel Babayan mazkur o‘yinda tajribaviy tarkibni sinovdan o‘tkazdi.

O‘zbekiston termasi 12-iyun kuni Tehronda JCh–2018 saralash o‘yinida Eronga qarshi maydonga tushadi.

Latest from Blog