O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov aholi savollariga javob beradi

2017-yilning 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14.00 dan 16.00 ga qadar tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistondagi va xorijdagi hamyurtlar bilan uchrashuv o‘tkazadi va ularning savollariga javob beradi. Bu haqda TIV saytiga tanyanib Uz24.uz sayti xabar berdi.

Foto: UZ24.uz

Tadbir videokonferentsiya shaklida bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va bosh konsulxonalari rahbarlari ishtirok etadi.

Muloqot doirasida O‘zbekiston va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari qarshisida fuqarolarning TIV faoliyati bilan bog‘liq dolzarb muammolari ko‘rib chiqiladi.

Tashqi ishlar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari matn, audio va video ko‘rinishdagi savollarini Vazirning virtual qabulxonasiga, muloqot@tiv.uz rasmiy elektron manziliga, shuningdek, TIVning Feysbukdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanalga oldindan jo‘natishlari mumkin.

Shu o‘rinda ma’lum qilinadiki, anonim xatlar, odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, mantiq va ma’nosi bo‘lmagan takliflar va boshqalar), murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar mavjud bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan murojatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Murojaatlar ushbu e’lon chop etilgan vaqtdan tadbir yakunlanganiga qadar – 2017-yilning 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 gacha qabul qilinadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog