O‘zbekiston Rossiyadan eksport qilish uchun eng istiqbolli yo‘nalish deb topildi

Rossiya eksport markazi Rossiya eksport uchun eng istiqbolli yo‘nalishlar reytingini yangiladi. Ushbu reytingda O‘zbekiston Polsha bilan o‘rin almashgan holda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda RBK xabar qildi.

RES xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiya bilan savdo ittifoqlarida ishtirok etishi, erkin savdo rejimlari, savdo komplementarligi (Rossiya eksporti savdo tuzilmalarining mazkur mamlakat import tuzilmalari bilan muvofiqligi darajasi) hamda YAIM o‘sish sur’atlari evaziga mazkur ko‘rsatkichni qayd etdi.

Avvalgi reytingda O‘zbekiston sakkizinchi o‘rinni band etgan edi. Rossiyadan O‘zbekistonga import hajmi bo‘yicha 32-o‘rinni egallagan. Noxom ashyo import hajmi esa 2016 yilda 1,6 mlrd dollarni tashkil etib, bu borada 21-o‘rin qayd etildi.

Renkingning birinchi beshtaligidan Germaniya, Turkiya va Hindiston ham o‘rin olgan. Markaziy Osiyo davlatlari ichidan Qozog‘iston 7, Tojikiston 17, Qirg‘iziston 20 va Turkmaniston 51-o‘rinni band etgan.

Latest from Blog