O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasida o‘tkazish punktlarining rasmiy ochilish marosimini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi

10-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasida o‘tkazish punktlarining rasmiy ochilish marosimini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Punktlarning ochilish sanasi hozircha noma’lum.

Foto: Kazakistan Haber

“Oq oltin – Selinniy” va “Malik – Sirdaryo” o‘tkazish punktlarining ochilishi M-39 yo‘lining Qozog‘iston hududidagi qismidan foydalanishga imkon beradi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyevning 22-23-mart kunlari Qozog‘istonga amalga oshirgan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida diplomatik kanallar orqali O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida ikki davlat chegarasidan o‘tkazish punktlariga doir Bayonnoma imzolangan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar