O‘zbekiston Prezidenti Pekinda Erdo‘g‘on bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda «Bir makon, bir yo‘l» forumi doirasida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi.

Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

Uchrashuvda 2016-yil 18-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi. Ikki tomon uchun ham manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, to‘qimachilik, ko‘nchilik, kimyo va farmatsevtika, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar