“O‘zbekiston pochtasi” isloh qilinadi

“O‘zbekiston pochtasi” AJ isloh qilinadi, bu O‘zbekiston Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Foto: UzReport.news

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi ikki oy muddatda “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi milliy operatoriga agent sifatida bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan to‘lovlarni qabul qilish va o‘tkazish, bank kartalariga xizmat ko‘rsatish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish, ixtiyoriy va majburiy sug‘urta qilish xizmatlari va autsorsing shartlarida boshqa xizmatlarni ko‘rsatish huquqlarini taqdim etish masalasini o‘rganadi hamda ushbu bandni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Vazirlik Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

  • “O‘zbekiston pochtasi” AJni, shu jumladan chet el maslahatchilarini jalb qilgan va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda isloh qilish;
  • pochta aloqasi operatorlari va kuryerlarining tarmog‘ini rivojlantirish, xorijda xalqaro pochta jo‘natmalarining almashinuv punktlarini tashkil etish.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar