O‘zbekiston oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinda


12-may kuni Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbir Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 2026-yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish dasturlarining amalga oshirilishi, ko‘zda tutilgan modernizatsiya tadbirlari, istiqbolli loyihalar samaradorligiga bag‘ishlangan “NKMK: yangilanish va taraqqiyot sari” mavzusi ostida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Mana 17 yildirki, mamlakatimizda har yili may oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Kasb bayramini nishonlayotgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi mustaqillik yillarida ulkan bunyodkorlik va iqtisodiy yuksalishlar yo‘lini bosib o‘tgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda qariyb 60 ming nafar turli kasb egalari mehnat qilayotgan kombinat qudratli ishlab chiqarish obyektlari va infratuzilmasiga ega gigant korxonaga aylandi. Mendeleev jadvalida yuzdan ziyod element bo‘lsa, shularning aksariyati – oltin, kumush, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlarning tasdiqlangan zahiralari bo‘yicha O‘zbekiston istiqbolli rudalar jihatidan MDH davlatlaridagina emas, balki dunyo miqyosidagi yetakchilardan biri hisoblanadi.

Kombinat direktorining iqtisod bo‘yicha o‘rinbosari Nurmat Jo‘libekovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinni egallaydi, oltin zaxirasi bo‘yicha esa 9-o‘rinda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2017-2026-yillarda kombinatni rivojlantirish dasturlari yaqin 10 yilda tarixiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni belgilab berdi. 2017-2026-yillarda 3 milliard 63 million dollarlik 27 loyihaning amalga oshirilishi kombinatda mahsulot ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirib, 31 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog