O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyoboni barpo etiladi


O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyoboni ochiladi. Prezident 18-aprel kuni bu haqdagi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, poytaxtdagi Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Hamid Olimjon haykali, G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom haykali, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi yonidagi xiyobonda o‘rnatilgan O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya haykali Adiblar xiyoboniga ko‘chiriladi.

Mazkur hududda shuningdek, Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualari barpo etiladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog