O‘zbekiston Markaziy banki rahbari o‘zgardi


Prezidentning tegishli farmoniga asosan Sherzod Xadjizadayev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar beradi bank matbuot xizmati.

U 2010-yildan boshlab hozirga qadar “Trastbank” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Xadjizadayev Sherzod Rafatovich 1996-yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodiyot fakultetini, 2001-yili esa Bank-moliya akademiyasining bank ishi yo‘nalishini tamomlagan.

Bank tizimidagi faoliyatini 1996-yili O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida oddiy mutaxassislikdan boshlab, bo‘lim boshlig‘i vazifasigacha ko‘tarilgan. 2001-2006-yillarda TIF Milliy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Mirzo Ulug‘bek filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari, boshlig‘i vazifalarida ishlagan.
2006-2008-yillarda “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimini egallagan, 2008-2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar