Foto: Cancer Therapy Advisor

O‘zbekiston koronavirusga qarshi ommaviy emlashda ikki xil vaksinadan foydalanish niyatida

O‘zbekiston aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlashda ikki xil — Rossiyaning “Sputnik V” hamda xitoy—o‘zbek hamkorligidagi ZF-UZ-Vac2001 vaksinalaridan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova ma’lum qildi.

“Mamlakatimizga taqdim etilgan yuz doza miqdoridagi “Sputnik V” vaksinasining laboratoriya tekshiruvlari hamda Rossiyada o‘tkazilgan uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida O‘zbekistonda sertifikatlangan holda ommaviy qo‘llashga ruxsat etildi. Hozir Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya fondi bilan bir million doza “Sputnik V” vaksinasini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda”, — deydi vazir o‘rinbosari.

Turdiqulovaning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan vaksinatsiya bo‘yicha tegishli reja ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. Avvaliga vaksina bilan xavf guruhiga kiruvchi shaxslar, ya’ni dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 4 milliondan ziyod aholш birinchi navbatda emlanadi.

“Shubhasiz, odamlar vaksinalarning sifati va xavfsizligidan qattiq xavotirda. Biroq har qanday zamonaviy davlatda, jumladan, O‘zbekistonda ham nazorat organlari bo‘lib, ularning vazifasi vaksinadan keng foydalanish boshlanguniga qadar uning samaradorligini nazorat qilishni ta’minlash kiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti global ko‘lamda sinovlar qanday ketayotganini nazorat qilmoqda”, — deydi u.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari vaksinalarning asosiy turi haqida ma’lumot berib, ularning bir-biridan farqini tushuntirgan:

Birinchisi, kuchsizlantirilgan SARS-CoV-2 vaksinasi bo‘lib, organizmga yuborilganda virus qayta faollashishi hamda koronavirus infeksiyasini keltirib chiqarishi mumkin;

Ikkinchisi, m-RNK turdagi vaksina himoya qobig‘iga o‘ralgan koronavirus genomi fragmenti asosida yaratiladi. Bu yangi texnologiya bo‘lib, oldin qo‘llanmagan. Inson salomatligiga ta’siri noma’lum. -70°S yoki -80°S sharoitda saqlash lozim. Biroq bunday imkoniyat faqat maxsus laboratoriyalarda mavjud;

Uchinchisi — adenovirus vektorli vaksinalar adenovirus asosida sun’iy yaratilgan virus va koronavirus oqsilini kodlovchi gen bo‘lagidan tashkil topgan. Odam organizmiga koronavirus DNK bo‘lagi kirgach, koronavirusning tuzilish oqsili sintezlanadi. Yot DNK bo‘lagining odam genomiga integratsiyalashish ehtimoli mavjud;

To‘rtinchisi, rekombinant oqsil vaksinalari koronavirus tashqi oqsili biotexnologik usul bilan sintezlanib olinadi. Organizmga yuborilganda oqsilga nisbatan immun javob hosil bo‘ladi. Boshqa turdagi vaksinalar bilan solishtirganda, eng yuqori xavfsizlik profiliga ega. So‘nggi o‘n yilda keng qo‘llangan vaksina turi hisoblanadi. Gepatit, papilloma, pnevmoniya, meningakokk va boshqa xastaliklarga qarshi immunitet hosil qilish uchun qo‘llangan. Saqlash sharoiti ham mavjud imkoniyatlarga mos: +2°S dan +8°S gacha muhitda saqlash mumkin.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar