O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi raisi va uning o‘rinbosari saylandi

Oliy Majlisi Senatining 24-avgustdagi qarori bilan yangi sudyalar tanlab olindi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga rais va rais o‘rinbosarlari tayinlandi.

Foto: yugopolis.ru

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudyalar etib G‘ofurov Asqarjon Boyisovich, Qayumov Fayzulla Abdulxayevich, Miralimov Baxtiyor Dehqonboyevich, Mirboboyev Baxtiyar Shamsutdinovich, Pirjanov Kenjemurat va Uljayev Qahramon tayinlandilar.

Mirboboyev Baxtiyar Shamsutdinovich O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga rais etib tanlandi, uning o‘rinbosari lavozimiga esa G‘ofurov Asqarjon Boyisovich tayinlandi.

Latest from Blog