O‘zbekiston iyul oyida eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O’zbekistonda oltinning eksportidagi ulushi 39,8 foizga yetdi. Bugungi kunda oltinning bozordagi narxi deyarli 62 dollarni tashkil etmoqda.

unnamed (1)
Foto: Xalq so’zi

O’zbekiston iyul oyida oltin sotish bo’yicha mutlaq yetakchiga aylandi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) ma’lum qildi.

Mamlakat 11,6 tonna miqdorda oltin sotdi, shu bilan oltinning respublika eksportidagi ulushi 39,8 foizga yetdi. Ikkinchi o’rinni Mo’g’uliston (6,1 tonna) egalladi. Rossiya va Germaniya 0,5 tonnadan eksport qilgan.

Xaridlar bo’yicha, so’nggi oylar Turkiya birinchi o’rinni egallab kelmoqda. WGCning taxminlariga ko’ra, Turkiya 19,4 tonna oltin xarid qilgan. Qatar “oltin zaxirasi” 3,1 tonnaga, Hindiston — 2,8 tonnaga, Qozog’iston — 1,9 tonnaga, Ukraina — 0,3 tonnaga ko’payganligi ma’lum qilindi.

Iyul oyida jahon bozorida bir gramm oltinning o’rtacha narxi 58 dollarni tashkil etdi.

Besh yil ichida O’zbekiston oltin eksporti o’sib kelmoqda. Masalan, oltin eksporti 2015-yilda 823,9 mln dollarni, 2016-yilda 738,2 mln dollarni, 2017-yilda 1,6 mlrd dollarni, 2018-yilda esa 3,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog