“O‘zbekiston havo yo‘llari” Singapurda o‘z xizmatlari va mamlakat sayyohlik salohiyatini namoyish etadi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 4—6-may kunlari Singapurda bo‘lib o‘tadigan, turizm sohasidagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri bo‘lgan Silk road with the focus on Uzbekistan yarmarkasida aviatashuvlar bo‘yicha o‘z xizmatlari va mamlakat sayyohlik salohiyatini namoyish etadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu yilgi tadbirda mamlakat nomidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va Aveson Travel hamda Uzbekistan Holidays sayyohlik agentliklari vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etadi.

Ko‘rgazmada namoyish etiladigan O‘zbekiston milliy stendiga Boeing 787 Dreamliner tasviri va Fly with Uzbekistan Airways so‘zlari tushirilgan.

Reklama mahsulotlari, milliy aviatashuvchi faoliyati haqidagi axborot materiallari, aviakompaniya qatnovlari jadvali va O‘zbekistonga turpaketlarning ko‘rgazma vaqtida sotilishi tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qiladi va nafaqat turizm sohasi vakillari, balki bevosita mijozlar — salohiyatli sayyohlarda ham qiziqish uyg‘otadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar