«O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasi aviachiptalarni milliy valyutaga sotadi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tez kunlarda respublika fuqarolariga aviachiptalarni milliy valyuta — so‘mda sotilishiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekiston fuqarolari Rossiya yo‘nalishidagi aviachiptalarni faqat AQSh dollarga sotib olishlari mumkin.

«Bu talabni o‘zgartirish bo‘yicha hozirgi vaqtda tegishli ish olib bormoqdamiz. Bugungi kunda milliy valyutaga sotishga o‘tish bo‘yicha hukumat qarori tayyorlanmoqda. Tez vaqtlarda barcha fuqarolar aviachiptalarni milliy valyutada sotib olishlari mumkin bo‘ladi», — dedi kompaniya vakili.

Vakil aviachiptalarni milliy valyutaga sotishga o‘tishning aniq sanasini ma’lum qilmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu konvertatsiya bilan bog‘liq. Bu yerda aviakompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan holatlar mavjud.

Latest from Blog