«O‘zbekiston havo yo‘llari» ilk bor Dreamliner’da Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni amalga oshiradi

18-may kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida birinchi marotaba Boeing-787 Dreamliner samolyotida parvoz amalga oshiradi.

Boeing-787 samolyotlarining ushbu yo‘nalishda ekspluatatsiya qilinishi yo‘lovchilarga yuqori darajadagi qulaylikda Rigaga 20-30 daqiqa, Nyu-Yorkka esa bir soat oldin etib borish imkonini beradi.

Foto: Uz24

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotlarining tijoriy ekspluatatsiyasini o‘tgan yilning sentabr oyidan boshlagan edi. Bugungi kunda “orzular kemasi” Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlariga qatnovlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

27-iyul kuni O‘zbekistonning milliy aviatashuvchisi tarixda ilk bor “orzu laynerida” Toshkentdan Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzluksiz parvozni bajaradi. Shuningdek, Milliy aviakompaniya Riga orqali AQShga haftasiga bir martalik qatnovlarni saqlab qoladi.

 

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar