O‘zbekiston Germaniyaga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Matub matni Prezidentning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Foto: Shutterstock

«Bavariya federal yerida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berishi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim.

Chuqur ta’ziyamni qabul qiling, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman. Jabrlanganlarning barchasi tezroq sog‘ayib ketishini tilayman», — deydi Mirziyoyev.

3-iyul kuni Bavariyada Saksoniyadan sayyohlarni olib kelayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketgan. Avtobusda 46 yo‘lovchi va 2 haydovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan.

Latest from Blog