O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislarining sifati yaxshilanadi

16-may kuni «O‘zbektelekom» AK rahbariyati va mutaxassislarining Google Global Cache (GGC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qiladi AK axborot xizmati.

Foto: Uzbektelecom

Deyv Shvars (yetakchi texnik ekspert,Google shtab-kvartirasi, Kaliforniya) va Yan Kliri (menejer, Google EMEA, London) “O‘zbektelekom” texnologik maydonida GGC jihozlarini o‘rnatish orqali mahalliy foydalanuvchilar uchun Google servislari sifatini oshirish imkoniyatlarini namoyish etdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik haqida kelishib oldi.

Foto: Uzbektelecom

“O‘zbektelekom” tarmog‘ida korporatsiyaning CDN bog‘lamasi ishga tushirilganidan so‘ng Google’ning eng ommalashgan resurslarini keshlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislari sifatini sezilarli darajada oshiradi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar