O‘zbekiston Eronning dengiz portlariga qiziqish bildirmoqda

/

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarifni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik masalalariga, savdo aloqalarini rivojlantirish va yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagini rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning tomonlarni qiziqtirgan dolzarb jihatlari, shu jumladan mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va Afg‘onistonda tinchlik jarayonini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

«Eron tashqi siyosiy idorasi rahbari O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralariga ko‘maklashish, ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka jalb etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi», — deyiladi xabarda.

Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov avvalroq, «Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘l loyihasini amalga oshirishning ahamiyatiga to‘xatib o‘tgan (O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng) va nima uchun bu loyihani «Mozori Sharif — Hirot» yo‘nalishi bilan solishtirish to‘g‘ri emasligini izohlagan edi.

Eron portlari, aniqrog‘i Bandor-Abbos porti yo‘nalishidagi yo‘llar allaqachon mavjud bo‘lib, ular orqali transport qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonning tashqi savdo yuklari Bandor-Abbos (va kelajakda Chabaharga) uchta temir yo‘l va ikkita yo‘l yo‘llari orqali yetkazib berilmoqda. O‘tgan yili koronavirus pandemiyasiga qaramay, Eron yo‘nalishida tranzit 5 foizga, temir yo‘l orqali esa 31 foizga ortganini, qayd etgandi ekspert.

Shunga qaramasdan, u Pokiston yo‘nalishi Eronnikidan yuk tashishning yanada jozibador narxi bilan farq qilishini e’tirof etgandi. Ekspertning tahminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, Toshkentdan Karachiga (Pokistondagi port shahri) konteyner tashish narxi taxminan 1400−1600 dollarni, «Toshkent-Bandor-Abbos» yo‘nalishi bo‘yicha yesa 2600−3000 dollarni tashkil etadi. Ya’ni, qariyb 1,5−2 baravarga kam.

Latest from Blog