O‘zbekiston eng tezyurar poezdlar reytingida AQShni ortda qoldirdi


Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston poyezdlari GoEuro nashrining «Global High-Speed Train Ranking» dunyodagi eng tezyurar poezdlar reytingiga kiritilgan yagona davlat bo‘ldi. Bu haqda Uz24 axborot portali xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda poyezdlar tezligi soatiga 250 kmni, rekord daraja esa — soatiga 255 kmni tashkil qiladi. O‘zbekiston reytingdan joy olgan 20 davlat orasidan Norvegiya, AQSh va Finlyandiyani ortda qoldirib, 17-o‘rinni band etdi.

Ro‘yxatda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy davlatlari yetakchilik qilgan. MDH davlatlari orasida Rossiya 15-o‘rinda qayd etilgan.

Latest from Blog