Foto: Interfax.uz

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlarga yengil avtomobil eksport qildi?

/

2021-yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194 mln AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, avtomobil eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 123 mln dollarga oshgan.

Oʻzbekiston avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

  • Qozogʻiston — 181,9 mln dollar;
  • Afgʻoniston — 5,7 mln dollar;
  • Ukraina — 2,3 mln dollar;
  • Rossiya — 1,9 mln dollar;
  • Qirgʻiz Respublikasi — 1 mln dollar;
  • Ozarbayjon — 484,1 ming dollar;
  • Tojikiston — 480,1 ming dollar.

Iyun oyida Qozogʻistonda UzAuto Motors avtomobil sotish boʻyicha Ladaʼni ortda qoldirgan holda birinchi oʻringa koʻtarilgani haqida xabar berilgan edi. May oyida esa kompaniya Qozogʻistonda savdo hajmi 4697 foizga oshirishga erishdi. Qozogʻistonliklar eng koʻp Cobalt avtomobilini xarid qilmoqda, ushbu model har oy birinchi oʻrinni egallab kelmoqda.

Latest from Blog