Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston eksport-importidagi eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat nomi ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mamlakat eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlarga Xitoy yetakchilik qilmoqda — 1,3 milliard dollar. Ro‘yxatning so‘nggi pog‘onasidan esa Ukraina 103,7 million dollar bilan o‘rin olgan. top-10 ro‘yxat:

  • Xitoy – 1,3 milliard dollar;
  • Rossiya – 1,0 milliard dollar;
  • Turkiya – 988,5 million dollar;
  • Qozog‘iston – 655,1 million dollar;
  • Qirg‘iz Respublikasi – 413,1 million dollar;
  • Afg‘oniston – 404,6 million dollar;
  • Tojikiston – 242,1 million dollar;
  • Eron – 114,4 million dollar;
  • Kanada – 109,3 million dollar;
  • Ukraina – 101,7 million dollar.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekistonning jami eksport hajmi 8,1 milliard dollarga teng bo‘lgan.

Shuningdek, qo‘mita yanvar—iyul oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qilgan bo‘lib, unga Xitoy hamda Rossiya yetakchilik qilmoqda — 2,7 milliard dollardan.

  • Xitoy – 2,7 milliard dollar;
  • Rossiya – 2,7 milliard dollar;
  • Qozog‘iston – 1,6 milliard dollar;
  • Koreya – 1,0 milliard dollar;
  • Turkiya – 885,8 million dollar;
  • Germaniya – 380,9 million dollar;
  • Hindiston – 274,6 million dollar;
  • Turkmaniston – 250,9 million dollar;
  • Italiya – 238,8 million dollar;
  • Ukraina – 232,9 million dollar.

Qayd etilishicha, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning jami import hajmi 13,4 milliard dollarga teng bo‘lgan.

Latest from Blog