O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yangi prorektor tayinlandi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yangi prorektor tayinlandi deya xabar bermoqda universitet rasmiy sayti.

Joriy yilning 8-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgan va unda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov ham qatnashgan.

Foto: O‘zDJTSU matbuot xizmati

“R.Ermatov O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga Bayazitov Kamil Faritovich tayinlanganini o‘qib eshittirdi”, deyiladi xabarda.

Komil Bayazitov bungacha Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.

Maʼlumot uchun K.Bayazitov 1979-yilda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan. 2004 -yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutini (hozirgi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini) tamomlagan. 2006-yilda ushbu universitetning magistratura bosqichi tugatgan. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog