O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Chirchiq shahriga ko‘chiriladi

10-avgust kuni “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori imzolandi.

Foto: 1-avgust.uz

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uyga va Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Chirchiq 50 yillik ko‘chasi, 14-uy manziliga joylashtiriladi.

Chirchiq shahar V.Xaydarov ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning bino va inshootlari hamda istirohat bog‘i O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga beriladi.

Hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etilishiga rozilik berildi.

Qarorning to‘liq matni bilan Prezidentning rasmiy saytida tanishish mumkin.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar