O‘zbekiston COVID-19 ga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX (koronavirusga qarshi vaksinalash) xalqaro mexanizmiga qo‘shildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: fb.com/DrTedros.Official

24 avgust kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha «COVAX» xalqaro mexanizmiga 172 davlat qo‘shildi. Ayni paytda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi.

«Ushbu mexanizm barcha a’zo mamlakatlarning litsenziyalangan va tasdiqlangan vaksinalardan teng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan», — deyiladi xabarda.

JSST bosh direktori COVAX mexanizmi doirasida vaksina ishlab chiqilgani har bir davlatning mahalliy vaksina ishlab chiqaruvchilarning alohida faoliyat yuritganidan afzalroq va bu yo‘l bilan pandemiya tezroq tugashini kutish mumkinligini bildirib o‘tdi.

«Vaksina millatchiligi faqat virusga yordam beradi. Xavfsiz va samarali vaksina ishlab chiqarilishi bilan COVAX ning taqsimlash mexanizmi orqali past va o‘rta daromadli mamlakatlarning barchasi o‘z vaqtida vaksina bilan ta’minlanadi», — deya ta’kidladi Tedros Gebreyesus.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog