O‘zbekiston Bosh vaziri Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi

Ayni vaqtda amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Prezident Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi.

Foto: O‘zbekiston 24

Qirg‘iziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov ham ishtirok etgan uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi turli sohalar yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Almazbek Atamboev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek-qirg‘iz hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida, Abdulla Aripov ham Prezident Almazbek Atamboyevga Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazib, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar