O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi kriptovalyuta va blokcheynni yoqlab chiqdi

Kriptovalyuta va blokcheyn nafaqat bank tizimi, balki butun iqtisodiyotning rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori Saydullo Abdullayev aytib o‘tdi, deb yozadi Spot.

Foto: RuHerald

Uning so‘zlariga ko‘ra, “eskicha” ishlaydigan banklar tez orada ishsiz qoladi, chunki raqamlashtirishga tayyor bo‘lgan kompaniyalar oldinga chiqadi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, blokcheyndan turlicha va turli maqsadlarda foydalanish mumkin, ammo banklar yangi bank mahsulotlarini yaratish imkonini beruvchi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash uchun joriy qilishi kerak.

Abdullayev ko‘plab mamlakatlarda kriptovalyutalar taqiqlanganligini, ammo shunga qaramay, Angliya yoki Yaponiyada o‘z kriptovalyutalarini yaratish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini eslatdi. U kelajak ushbu tendensiya tomonida ekanligini qayd etdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar