O‘zbekiston aholisiga gaz hisoblagichlari kreditga beriladi

Gaz hisoblagichlari aholiga «O‘ztransgaz» kompaniyasi hisobidan kreditga beriladi, deb xabar qildi «Sof.uz» kompaniya vakiliga tayanib.

Foto: sof.uz

«Hozirgi kunda buni amalga oshirish bo‘yicha «O‘ztransgaz»ning ichki buyrug‘i ishlab chiqilyapti. Ushbu buyruqda gaz hisoblagichlarni o‘rnatish muddati va to‘lov narxi ko‘rsatiladi. Gaz hisoblagichlar markazlashgan holda kompaniya tomonidan o‘rnatiladi», dedi kompaniya vakili.

U shuningdek, aholiga bu haqda ogohlantirish yuborilishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq gaz hisoblagichlarini o‘rnatmagan maishiy iste’molchilar uchun ikki barobar to‘lov bekor qilinganini xabar qilingan edi.

«O‘ztransgaz» kompaniyasi vakili 1-oktabrdan kuchga kirishi kerak bo‘lgan qarorning mazkur bandi haqiqatda bekor qilinganini tasdiqladi. Shu tariqa, gaz hisoblagichini o‘rnatmagan maishiy iste’molchilar to‘lovni belgilangan tarif bo‘yicha to‘lashda davom etadilar.

Latest from Blog