O‘zbekiston Afg‘onistonga katta partiyada gumanitar yordam yubordi

1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston hukumati 14-sentyabr, seshanba kuni Afgʻonistonning Balx viloyati shimolidagi Hayraton chegara oʻtish punkti orqali afgʻon xalqiga gumanitar yordamning katta partiyasini yubordi, deb xabar bermoqda Ariana News.

Oʻz ichiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va kiyim-kechaklarni olgan 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yuki mamlakat rasmiylariga topshirildi.

Yukni qabul qilish marosimida Zabihulla Mujohid va Islom amirligining boshqa rasmiy vakillari ishtirok etdi. Suratlarda Oʻzbekiston tomonidan Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev qatnashganini ham koʻrish mumkin.

Mazkur yordam butun mamlakat boʻylab kam taʼminlangan afgʻon oilalariga tarqatiladi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Afgʻonistonda, birinchi navbatda, gumanitar inqirozning oldini olish kerakligini taʼkidlagan edi. “Buning uchun biz mamlakatdagi haqiqiy real hokimiyat bilan ish olib borishimiz kerak. Boshqa yoʻl yoʻq”, — degan edi u.

Fikr bildirish

Latest from Blog