Foto: Koppert Biological Systems

O‘zbekiston 43,4 mln dollarga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna gilos eksport qildi

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-may oylarida qiymati 43,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna gilos eksport qilgan.

Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga ko‘p.

2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston — 13,8 ming tonna
  • Rossiya — 8,6 ming tonna
  • Qirg‘iz R. — 4,7 ming tonna
  • Ukraina — 212,3 tonna
  • Belarus — 142,2 tonna
  • Polsha — 67,0 tonna

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2021 yanvar-may oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga gilos eksport qilgan.

Latest from Blog