“O‘zbekiston 24” o‘z efirini boshladi

“O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy telekanali 24-iyul, dushanba kuni soat 10:00 dan translyatsiyasini boshladi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Foto: Uz24

“O‘zbekiston 24’ yangi shakldagi yangiliklar jurnalistikasi formati asosida ichki va tashqi siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha butun mamlakat hududi bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri kun-u tun efirni olib boradi”, — deyiladi telekanal tavsifida.

Telekanal o‘zbek, rus va ingliz tillarida efirga chiqadi. Kanalning onlayn-translyatsiyasini www.Uzbekistan24.uz sayti orqali kuzatish mumkin.

“O‘zbekiston 24” radiokanali 87,9 FM chastotasidan o‘rin olgan.

Latest from Blog