«O‘zbekenergo» va «O‘ztransgaz»ning 10 ming nafardan ortiq xodimi ishdan bo‘shatiladi

“O‘zbekenergo” AJning iste’molchilar bilan ishlash bo‘yicha 6 562 ta elektromontyor shtat birliklari hamda “O‘ztransgaz” AKning tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish bo‘yicha 4 255 ta nazoratchi shtat birliklari qisqartiriladi. Bu Prezidentning 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Foto: Sputnik Узбекистан

Hujjat sharhida keltirilishicha, “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” kompaniyalari faoliyatini tashkil etishdagi xato hamda kamchiliklar, shuningdek, to‘lov intizomini mustahkamlash, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish va debitor qarzdorlikni kamaytirish bilan bog‘liq muammolar energiya ta’minoti sohasini yanada rivojlantirish borasida belgilangan maqsad va vazifalarni izchillik bilan amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.

2016-yilda elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga shikast yetkazish va ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish kabi huquqbuzarliklar 2014-yilga nisbatan 48 foizga oshgan.

Shunga qaramasdan, mas’ul idoralar tomonidan bunday holatlarga nisbatan tegishli munosabat bildirilmagan.

2016-yil va 2017-yilning birinchi choragida “O‘zbekenergo” hamda “O‘ztransgaz” kompaniyalari tizimidagi 665 nafar, Sud departamentining 36 nafar xodimi suiste’molchilikka yo‘l qo‘ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar