O‘zbek va turk kinoustalari hamkorligida filmlar suratga olinadi

18-sentabr kuni “O‘zbekkino” milliy agentligida Turkiya Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi, BMTning Alyans sivilizatsiyasi masalalari bo‘yicha Turkiya milliy muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi Bakir Karlig boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Qalampir.uz» nashri xabar qilmoqda.

Foto: Qalampir.uz

“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov mehmonlarni tashrif bilan qutlar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar mavjud ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida Turkiya delegatsiyasi a’zolari uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hakorlikni mustahkamlash, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli loyihalarni hayotga tadbiq etish yuzasidan fikr bildirdilar.

“O‘zbekkino” milliy agentligi xalqaro bo‘limi boshlig‘i Asya Batrayevaning aytishicha, tashrif doirasida uchrashuvda o‘zbek va turk kinoustalari hamkorligida filьmlar suratga olishni yo‘lga qo‘yish taklifi o‘rtaga tashlangan.

Tomonlar kelgusida shu kabi manfaatli yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar