O‘zbek jurnalistlari Qo‘shma shtatlarga sayohat boshlashdi

1

2018-yilning 7-19-fevral kunlari o‘zbekistonlik jurnalistlar guruhi AQSh elchixonasi qo‘llab-quvvatlashi asosida “Ta’lim muassasalari” (Education Establishments) yo‘nalishida AQShning Massachusetts, Vashington, Indiana, Virjiniya shtatlarining bir qancha ta’lim muassasalariga borib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishishadi. Murabbiy va talabalar bilan suhbatlashishadi, shaharlarning o‘ziga xos jihatlarini yoritib borishadi. “Amerikaga sayyohat” ruknimizni kuzating.

Sayyohatchi blogerlar Sanjar Rustamov, Nigora Umarova va operator Elyorjon Ehsonovlar.

Ularga loyiha produseri Laura Brandt xonim hamrohlik qiladi.

Loyiha mobaynida Massachussets shtatining ijtimoiy ta’lim departamenti, Massachussets texnologiyalar universiteti, Garvard universiteti, Indiana universitetlaridagi talaba va murabbiylarga yaratilgan sharoitlar o‘rganiladi. Sietl do‘stlik shahriga sayyohat qilinadi.

Bizni kuzatib borishda davom eting. Blogerlarimiz sayohatlarining kunlik tavsilotlari – barcha-barchasi tanishib borasiz.

Latest from Blog