“O‘zbegim” festivalida tayyorlangan megapalov Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin oldi

Toshkentda 8-sentabr kuni “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivali doirasida megapalov tayyorlandi.

Foto: UzReport

Taom va qozonning umumiy vazni qariyb 14 450 kilogrammni tashkil etdi. Guinness World Records vakili Richard Stening tayyorlangan palovning hajmi 7360 kilogrammni tashkil etganini ma’lum qildi.

Foto: Gazeta.uz

“Men janob Allamjonovni davramizga taklif qilaman va Milliy TV’ni palov tayyorlash bo‘yicha rekord o‘rnatilgani bilan tabriklayman”, — dedi Richard Stening.

Steningning qo‘shimcha qilishicha, rekord o‘rnatilishi uchun taom hajmi 4 tonna tashkil etishi kifoya edi.

Latest from Blog