Ozarbayjonda ozar tilida nashr etilgan “Alisher Navoiy asri va nasri” kitobi taqdim etildi

Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining (OMFA) Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti boʻlimi mudiri Almaz Ulvi Binnatovaning ozar tilidagi “Alisher Navoiyning asri va nasri” kitobining takdimoti oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Taqdimot marosimini OMFA vitse-prezidenti, Adabiyot institutining direktori, akademik Isa Xabibbeyli kirish soʻzi bilan ochib, institut Oʻzbekiston bilan adabiy aloqalar, xususan, Alisher Navoiy hayoti va ijodi boʻyicha Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi bilan hamkorlikda qator tadbirlarni amalga oshirib kelayotganini taʼkidladi.

Akademik institutning Ozarbayjon-Turkmaniston-Oʻzbekiston adabiy aloqalari boʻlimi mudiri Almaz Ulvi Binnatova tomonidan yaratilgan “Alisher Navoiyning asri va nasri” kitobi Ozarbayjon – Oʻzbekiston oʻrtasidagi adabiy aloqalarning mustahkamlanishiga munosib hissa qoʻshishini qayd etdi.

Elchi Bahrom Ashrafxonov buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodini qardosh Ozarbayjon xalqi ham katta qiziqish bilan oʻrganib kelayotgani, OMFAning Adabiyot instituti qoshida Alisher Navoiy markazi faoliyat yuritayotgani oʻzbek xalqiga boʻlgan hurmat va ehtirom belgisi ekanini taʼkidlab, Ozarbayjon olimlariga minnatdorlik bildirdi.

Taqdimotda ozarbayjonlik adabiyotshunoslar “Alisher Navoiy asri va nasri” kitobi haqida oʻzlarining fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. 570 sahifadan iborat ushbu kitobda Navoiy hayoti va ijodiga oid koʻplab yangi tadqiqotlar aks etgani aytib oʻtildi.

Afgʻonistonning Ozarbayjondagi elchisi Amanulla Jeyxun mazkur kitobning chop etilishi davlatlararo adabiy aloqalarning yana-da mustahkamlanishiga yoʻl ochib berishini qayd etdi.

Kitob taqdimotidan soʻng mehmonlar elchixona tomonidan tashkil etilgan oʻzbek xalq amaliy sanʼati buyumlari va kitob koʻrgazmasiga taklif etildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar