Ozarbayjonda kommendantlik soati va harbiy holat joriy etildi

“Ria.ru” saytining xabar berishicha, 28-sentabrdan boshlab Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatda kommendantlik soati oʻrnatish boʻyicha farmonni imzoladi.

Foto: Minsknews.by

Shuningdek, Davlat rahbari Ozarbayjonda harbiy holat joriy etilishini ham tasdiqladi.

“Prezident parlament qarorini tasdiqlab, unga koʻra mamlakatda harbiy holat joriy etilishi boʻyicha farmonni imzoladi”, dedi prezident yordamchisi Hikmat Gajiyev.

Eslatib oʻtamiz, 27-sentabrda Ozarbayjon Armaniston qurolli kuchlari tomonidan Togʻli Qorabogʻ chegara hududi oʻqqa tutilgani, tinch aholidan qurbonlar berilganini maʼlum qilgandi. Armaniston tomoni esa otishmada Ozarbayjonni ayblab chiqdi.

Maʼlumot uchun, Armaniston hukumati kechaning oʻzida mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik eʼlon qilgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog