Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi ziddiyatga xorij siyosatchilari munosabat bildirdi

Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi ziddiyatning kuchayishiga koʻplab davlatlar oʻz munosabatlarini bildirib oʻtdi. Bu haqda “Sputnik” sayti xabar bermoqda.

pronedra.ru

Rossiya hukumati Armaniston tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbatda Qorabogʻda erta sulhga ehtiyoj borligini aytdi. Rossiya mojaroni barqarorlashtirish boʻyicha vositachilik harakatlarini davom ettirmoqda.

Lavrov, shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazdi. Uning Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan muzokaralari tayyorlanmoqda.

Oʻz navbatida Turkiya Ozarbayjonni har qanday shaklda qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Turkiya mudofaa vazirligi Armanistonga tajovuzni darhol toʻxtatishini aytgan.

KXSHT esa mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish tarafdori boʻldi va Armaniston tashkilotga yordam soʻrab murojaat qilmaganini taʼkidladi.

Avstriya va Fransiya, shuningdek, Yevropa Kengashi rahbari mojarodagi tomonlarni oʻzaro muloqot qilishga chaqirdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog