Foto: Izvestie

Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 7 mingdan ortiq bemor vafot etdi

///

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 117 million 825 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 605 mingdan ziyod kishi vafot etgan (10.03.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 14:44 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 433 992 yangi holati aniqlandi, 7 413 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (11.03.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 09:24 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 118 million 006 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 619 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 28,825 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (11,262 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (11,051 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (4,351 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (4,229 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 124 208, Hindistonda 17 921, Braziliyada 32 321, Rossiyada 9 079, Buyuk Britaniyada esa 5 766 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Latest from Blog