O‘tovda yashaganlik uchun turistik yig‘im yig‘iladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi qaroriga asosan “O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirish kiritildi.

fotokto.ru surati

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori joriy yilning 15-martida tasdiqlangan edi.

O‘zgartirishga muvofiq, 9-oktabrdan boshlab joylashtirish vositalari tomonidan xorijiy fuqarolar va O‘zbekiston Respublikasida doimiy turar-joyga ega bo‘lmagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida (9-oktabr holatida 14977,5 so‘m) joylashtirish vositalarida yashagan har bir kuni uchun undiriladi.

Joylashtirish vositalari sifatida vaqtincha yashash xizmatlari ko‘rsatuvchi obyektlar, mehmonxonalar, turizm bazalari, majmualari, dam olish uylari, zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmon uylari, o‘tovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari e’tirof etiladi.

To‘liq bo‘lmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yig‘im to‘liq yashalgan kun miqdorida undiriladi.

Latest from Blog