OTMlarga oʻrtacha kirish ballari eʼlon qilindi

Test sinovlarining tanlov natijalariga koʻra, respublika OTMlari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (oʻtgan yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga koʻp), deya xabar berdi DTM.

OTM

Shundan:

davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019-yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga koʻp);

toʻlov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019-yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga koʻp) talabalikka tavsiya etildi.

Tanlov natijalariga koʻra:

davlat granti asosida oʻrtacha oʻtish bali – 133,3 ballni;

toʻlov-kontrakt asosida oʻrtacha oʻtish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

Respublika oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida minimal oʻtish bali – 68,0 ball, toʻlov-kontrakt asosida minimal oʻtish bali – 56,7 ball etib belgilandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog