Foto: Macro Connect

OTMga qabul jarayoni 20-iyun kuni boshlanadi

Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish 20-iyundan boshlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi videoselektorda ma’lum qilindi.

Besh kun muddatda aholidan hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga ikki hafta muddatda qo‘shimcha davlat granti asosidagi (imtiyozli) qabul parametrlarini tasdiqlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Bu yil 1,5 milliondan ziyod yoshlar oliygohlarga kirish uchun hujjat topshirishi kutilmoqda.

Bu yil ilk marta 9ta nodavlat oliygohlarda 22ta yo‘nalishda talabalarni o‘qitish uchun 500ta davlat granti ajratiladi.

Shuningdek, prezident bu yil oliygohlarga qabul soni o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga oshirilib, 181 ming nafarga yetkazilishini ma’lum qilgan.

Latest from Blog