O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi

Foto: Buxoro shahar hokimligi

Oʻtkir Hikmatovich Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi, deya xabar berdi Buxoro shahri matbuot xizmati. U Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Uning nomzodi shahar kengashi yigʻilishida shahar faollari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Oʻtkir Jumayev 1997-yil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2011-yil prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog