Osiyo boks konfederatsiyasi Hasanboy Do‘stmatovni may oyining eng yaxshi bokschisi deb topdi

Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan Hasanboy Do‘stmatov may oyining eng yaxshi bokschisi deb e’lon qilindi. Bu haqda konfederatsiya saytiga tayanib Uz24.uz xabar berdi.

Foto: Asian Boxing Confederation

Ma’lumki, o‘tgan oyda Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida Hasanboy Do‘stmatov oltin medalni qo‘lga kiritish bilan birga turnirning eng yaxshi bokschisi deb topilgandi.

Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Serik Konabaev turnirning yopilish marosimida Hasanboyga «Qit’aning eng yaxshi bokschisi» uchun beriladigan mukofotni topshirgan edi.

Latest from Blog